13:47 / 11.05.2020
2 217

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1900dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1900dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan va Buxoroda jami 39 nafar tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 23 nafar bemor to‘liq sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Ularning 15 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Hududlar kesimida olinsa, Buxoro viloyatidan 9 nafar, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahridan 3 nafardan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 13 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yosh.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 404 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 427 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar soni 13 nafarni tashkil etmoqda. Ya’ni, ushbu viloyat ham koronavirusdan xoli hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1920 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1900dan oshdi