Bugun, 11 may kuni soat 09:00 larda poytaxtning Uchtepa tumanidagi joylashgan «Farhod avtomobil bozori»da sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari tana harorati ko‘tarilgan tadbirkorni aniqladi, deb xabar beradi Repost.
Ta’kidlanishicha, bozor yopilgan, bozor ichidagi boshqa tadbirkorlarga esa vaqtincha tashqariga chiqish taqiqlab qo‘yilgan. Huquq-tartibot organi xodimlari sodir bo‘layotgan voqealarni surat va videoga olishni man etgan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ehtiyot qismlari bozori yopiq qoladi, ichkarida qolgan tadbirkorlar uchun maxsus avtobus tashkillashtirish va’da qilingan.
Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etib, mazkur savdo qatorlarida «Sanitariya kuni» e’lon qilganini bildirgan. Ayni paytda do‘konlarda Sanitariya talablari va qoidalarida belgilangan standartlarga muvofiq ishlar olib borilmoqda.
«Tegishli ishlar amalga oshirilganidan so‘ng, avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni qayta ish boshlaydi», — deyiladi hokimlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi