Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
8-10 may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800dan ortiq vatandosh charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelindi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 11 may kuni Germaniyaning Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar vatandosh qaytarilishi kutilmoqda.
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
Hindistondagi o‘zbeklar masalasiga Oliy Majlis Senati e’tibor qaratdi va ularni qaytarish uchun charter reys tashkil etishni so‘rab, mutasaddi tashkilotlarga xat bilan chiqdi.
O‘zbekiston 30 martdan boshlab barcha aviaqatnovlarni to‘xtatgach, xorijda qolib ketgan fuqarolarni qaytarish uchun jami nechta charter reyslar tashkil etilgani va ularda necha kishi vatanga olib kelingani haqida ochiq manbalarda ma’lumot yo‘q.
Shunisi ma’lumki, xorijda qolib ketgan vatandoshlarning 11 mingga yaqini ancha qiyin ahvolda qolgan. Bu haqda 7 may kungi videoselektorda aytib o‘tgan prezident Shavkat Mirziyoyev ularni qaytarish choralari ko‘rilishini ta’kidlagan edi.
Olib kelinganlar Maxsus komissiya talablariga muvofiq kamida 14 kunlik karantinga joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)