Ijtimoiy tarmoqlarda deputat Rasul Kusherboyev bilan bog‘liq turli xabarlar va video materiallar tarqalmoqda. Kusherboyev mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
“Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘liq xabarlar va videomaterial muallifining murojaatlari yuzasidan quyidagilarni bildirib o‘tmoqchiman.
Yangiyo‘llik tadbirkor videoda bayon etgan holatlar, yer uchastkasi bilan bog‘liq vaziyat va boshqa ishlar bo‘yicha ayrim prokuratura mas’ullarining menga ayblov uyushtirish, majburan ko‘rsatma olishga urinishlari haqida fuqarolar tomonidan menga ham murojaatlar bo‘lgan va ularni imkon darajasida o‘rganganman.
Ushbu holatlar bo‘yicha huquqiy baho berish, deputat faoliyati, o‘zi va oilasi daxlsizligi bilan bog‘liq kafolatlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli yuqori idoralarga murojaat qilganman.
Umid qilamanki, barcha holatlar hech qanday ta’sirlarsiz xolis o‘rganilib, huquqiy baho beriladi, deputat daxlsizligi, sha’ni va ishchanlik obro‘si ta’minlanadi.
Eslatma uchun deputatning odamlarga, tadbirkorlarga huquqiy ko‘mak berishi, muloqot qilishi, do‘stlarga ega bo‘lishi, xalq dardini eshitib har qanday vaziyatda ham fuqarolarning yonini olishga urinishi qonunbuzarlik bo‘lishi mumkinmas. Bu faqat ayrim nopok shaxslarning dunyoqarashi xolos.
Bo‘layotgan ishlardan qattiq xafaman. Barchaga e’tibor va ma’naviy qo‘llov uchun rahmat”, - deyiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi