Navoiyda kuchli sel tufayli 300 kishi evakuatsiya qilindi

Navoiyda kuchli sel tufayli 300 kishi evakuatsiya qilindi
Joriy yilning 13 may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan.

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar