
Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasiga rais bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbalari tasdiqladi.
Bugun, 13 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida hukumatdagi yangi tayinlovlar masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, deputatlar Sherzod Kudbiyev nomzodini DSQ rahbarligiga ma’qullash masalasini muhokama qilishmoqda.
Nomzod parlament tomonidan ma’qullansa, prezident uni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini imzolaydi.
Sherzod Kudbiyev 2019 yil avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
Bundan avvalroq shu vaqtgacha Davlat soliq qo‘mitasiga raislik qilib kelgan Behzod Musayev O‘zbekiston bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar