Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi 17.12.2020 yilda “O‘zagrosug‘urta” AJ Karmana tuman bo‘limidan fuqaro G.Kenjayeva foydasiga 164 mln. 689 ming so‘m sug‘urta pullarini undirish haqida hal qiluv qarorini qabul qilgan.
Biroq, sud qarori ustidan norozi bo‘lgan “O‘zagrosug‘urta” AJ Karmana tuman bo‘limi ishni apelatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudiga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 31.01.2020 yildagi apelatsiya sudlov xay’ati qarori bilan ushbu hal qiluv qarori o‘z kuchida qoldirilib, qarzdor “O‘zagrosug‘urta” AJ Karmana tuman bo‘limidan fuqaro G.Kenjayeva foydasiga 164 mln. 689 ming so‘m sug‘urda tavonini undirish belgilanib, mazkur ijro varaqa Byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning talabiga bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida 12.05.2020 yilda qarzdordan 164 mln. 689 ming so‘m qarzdorlik undirilib, G.Kenjayevaning bank plastik kartasiga ko‘chirib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko: “Belarusga hujum Uchinchi jahon urushining boshlanishidir”
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Slovakiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin