20:33 / 15.05.2020
4 655

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar soni keskin ko‘paydi

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar soni keskin ko‘paydi
Foto: «RIA Novosti»
Juma kuni Tojikistonda yana 211 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda ushbu infeksiyani yuqtirganlar soni jami 1118 nafarga yetdi, deya ma’lum qildi sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«O‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirganlar soni 211 kishiga ko‘paydi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 1118 kishiga yetdi. Qurbonlar soni 4 nafarga ko‘payib, 33 kishini tashkil etmoqda», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir respublikada 4297 kishi shifokorlar nazorati ostida. O‘tgan bir kecha-kunduzda 477 kishiga sog‘liqni saqlash tibbiyot muassasasida davolangandan so‘ng uyiga ketishga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar soni keskin ko‘paydi