22:15 / 16.05.2020
4 252

Ota farzandi uchun 44 mln. so‘mdan ortiq aliment pullarini oldindan to‘ladi

Ota farzandi uchun 44 mln. so‘mdan ortiq aliment pullarini oldindan to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Jondor tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2016 yil 4 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Amonov G‘ayrat G‘afur o‘g‘lidan undiruvchi S.Soibova foydasiga bir nafar farzandi moddiy taminoti uchun voyaga yetguniga qadar, qarzdorning xar oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning 1/6 qismi miqdorida oy sayin aliment undirish haqida ijro ishi mavjud.

Ijro harakatlari davomida qarzdor G‘.Amonovga O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari tushuntirildi.

Karantin davrida uyida qolayotgan bir farzandining moddiy ta’minoti va majburiyatini anglagan qarzdor G‘.Amonov 2020 yilning yanvar oyidan 2028 yilning 30 iyun kuniga qadar hisoblangan 44 mln. 801 ming so‘m aliment pullarini naqd pul shaklida biryo‘la oldindan to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota farzandi uchun 44 mln. so‘mdan ortiq aliment pullarini oldindan to‘ladi