date
views 2 797

O‘zbekistonda yana 19 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 19 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda yana 19 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 2 738 nafarga yetdi. Yangi kasallanganlarning 16 nafari xorijdan kelgan. Ularning 12 nafari Tojikistondan kelgan bo‘lsa, yana 4 nafari Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reysda olib kelingan. Shuningdek, 3 nafar karantinda bo‘lgan namanganlik fuqarolarda virus aniqlangan.

Ayni damda O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2 213 nafarni tashkil etmoqda. Bugun mamlakatda 52 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 55 kishi virusdan tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana 19 kishida koronavirus aniqlandi