Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlardan yana ikki nafari tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Ayni soatlarda Surxondaryo viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Shifo topganlarning ikkalasi ham Surxondaryo viloyatidan (1 nafari 60 yoshli erkak, yana 1 nafari 45 yoshli ayol) bo‘lib, karantin muassasasida bo‘lishgan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan», deyiladi xabarda.
Viloyatda jami 44 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, shu paytga qadar 42 nafar bemor sog‘aydi, bir kishi vafot etdi. Endi ushbu hududda 1 nafar bemor davolanmoqda.
Bungacha Buxoro, Andijon va Toshkentda jami 32 kishi koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berilgandi.
Shu tariqa, bugun jami 34 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2247 nafarni tashkil etmoqda.
Bugun hozircha 8 kishida koronavirus aniqlandi va 17 may kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2746 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 487 nafar bemor davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi