
Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi tomonidan 14.02.2020 yil o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida, shahardagi privokzalnaya ko‘chasida joylashgan binolarning birida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Mazkur binoda tegishli tartibda gaz korxonasi bilan shartnoma va hujjatlar rasmiylashtirmasdan, tabiiy gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, isitish qozoni va gaz plitasidan noqonuniy foydalanib kelganligi oqibatida, ta’minotchi korxona manfaatlariga jami 22 mln. 487,4 ming so‘m zarar yetkazilganligi tasdiqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar G.Baxadirovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852 moddasi talablari, mazmun-mohiyati va huquqiy oqibatlari tushuntirlgan va huquqbuzarga keltirilgan zararni qoplab berish uchun 30 kunlik muhlat berilgan.
Natijada, ta’minotchi korxonaga keltirilgan 22 mln. 487,4 ming so‘mlik zarar huquqbuzar tomonidan to‘liq qoplab berildi va jinoyat oqibatlari bartaraf qilinganligi sababli, jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar