date
views 2 031

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi turistlar uchun karantinga qarshi chiqdi

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi turistlar uchun karantinga qarshi chiqdi
Avvalroq ayrim mamlakatlarda xorijdan kelganlar 14 kunlik karantinga olinishi belgilangani xabar qilingandi.

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi qator davlatlarda joriy etilgan turistlar uchun 14 kunlik karantinga qarshi chiqdi.

Assotsiatsiya bayonotida aytilishicha, 2021 yilda yo‘lovchilar oqimi 2019 yildagiga nisbatan kamida 24 foizga, salbiy ssenariyda esa 34 foizga pasayadi.

"Avvalroq sayyohlarning 86 foizi karantin borasida xavotirlarini bildirgandi, 69 foizi esa bunday sharoitda sayohat qilishdan bosh tortgan. Shu bois IATA mamlakatlar hukumatlarini kelayotgan turistlarni 14 kunlik karantinga joylashtirish o‘rniga muqobil yo‘l topishga chaqiradi", - deyiladi IATA bayonotida.

Assotsiatsiya karantin o‘rniga harorati baland va koronavirus siptomlari bo‘lgan yo‘lovchilarni safarga chiqarmaslikni taklif qilgan.

Avvalroq ayrim mamlakatlarda xorijdan kelganlar 14 kunlik karantinga olinishi belgilangani xabar qilingandi. Jumladan, 31 mayga qadar Avstriyaga kelayotgan har bir yo‘lovchida koronavirusga testdan o‘tgani to‘g‘risida ko‘pi bilan to‘rt kun oldin olingan ma’lumotnoma bo‘lishi yoki 14 kunlik majburiy karantinga yo‘l olishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, Ispaniyada xorijdan keladigan barcha yo‘lovchilar tibbiy nazoratdan o‘tishlari shart. Bundan tashqari, 15 maydan boshlab xorijdan keladiganlar ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi turistlar uchun karantinga qarshi chiqdi