
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan jismoniy shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlariga qo‘llaniladigan imtiyozdan foydalanish mezonlari o‘zgardi.
Soliq kodeksi (yangi tahriri) 378-moddasining 16-bandiga asosan jismoniy shaxslarning olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlariga quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda soliq solinmaydi:
- daromadlar soliq davri (bir yil) davomida jami 15 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda qoplashga yo‘naltirilganda;
- yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 million so‘mdan oshmasa;
- dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan bo‘lsa.
Ma’lumot uchun: Soliq kodeksining yangi tahriri bilan berilgan imtiyoz faqat 2020 yildan boshlab olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltiriladigan daromadlarga yuqoridagi mezonlar asosida tatbiq etiladi.
Subsidiya bu tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning o‘rnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘laridir (Budjet kodeksining 3-moddasi).
Shoxida Djumayeva
Buxoro shahar DSI Solik solish
bo‘yicha maslahat shu’basi xodimi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Buxoro shahar DSI Solik solish
bo‘yicha maslahat shu’basi xodimi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar