
Malayziyaning Percetekan Nasional Malaysia Berhad (PNMB) kompaniyasi departamenti direktori Axmad Shazali O‘zbekiston elchixonasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada 20 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirdi, deb xabar beradi Dunyo AA.
Xususan, PNMB ID va bank kartalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida ishtirok etishdan manfaatdor. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda shahar transporti uchun to‘lov tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishga tayyorligini bildirdi.
PNMB 1888 yilda poligrafiya kompaniyasi sifatida tashkil etilgan va hozirda nashriyot va matbaa xizmatlarini ko‘rsatishda davom etmoqda, shuningdek xavfsiz bosma mahsulotlarni, smart-kartalarni ishlab chiqaradi. U bank, savdo va transport sohalarida moliyaviy optimallashtirish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasida ishlaydi. Kompaniyaning chet elda o‘nta filiallari mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar