date
views 3 721

Yozyovonda «GAZ-53» avtomashinasi yonib ketdi

Yozyovonda «GAZ-53» avtomashinasi yonib ketdi
21 may kuni A.H boshqaruvidagi «GAZ-53» rusumli yuk avtomashinasida Yozyovon tumanida harakatlanib ketayotgan vaqtida gaz yoqilg‘isi uzatmasida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Haydovchining bir o‘zi mazkur yong‘inni bartaraf etishga harakat qilgan vaqtida kuyish jarohatini olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida bartaraf etilgan. Mazkur holat Yozyovon tuman IIB hamda tuman FVB xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yozyovonda «GAZ-53» avtomashinasi yonib ketdi