Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 mlrd so‘mlik yordam ajratdi.
«Tadbirkor Alisher Usmonov Namangan viloyatidagi qariyb 5 ming oilaga jami 12,5 milliard so‘mlik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi. Namangan shahridagi 3000, Chust tumanidagi 1000, Namangan tumanidagi 997ta xonadon yo‘qlangan. O‘rganishlar davomida yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan.
Milliarder tomonidan ajratilgan mablag‘ «O‘zmilliybank» plastik kartalariga o‘tkazilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, sektor vakillari va bank xodimlari tomonidan mazkur oilalar vakillariga yetkazib berildi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmatida.
Bundan avvalroq Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan 2,5 milliard so‘m Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 1000ta oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"