
Ijtimoiy tarmoqlarda DSQning ikki xodimida koronavirus aniqlaganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qildi:
Koronavirus infeksiyasi DSQ markaziy apparati bo‘limi boshlig‘i va uning haydovchisida emas, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan.
Infeksiya yuqtirgan xodim bilan DSQ xodimlari aloqada bo‘lgan bo‘lishlari mumkinligi hisobga olinib, hozirda butun Markaziy ofis xodimlaridan COVID19ga test olinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar