3 690
Farg‘onada «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi
2020 yilning may oyida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut- Tahrir» terrorchilik tashkilotini bir guruh a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV TEQKBB xabar qildi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular muqaddam «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini o‘tab chiqqan “tahrirchilar”ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakarlarni sodir etishgan.
Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi