Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 19 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 29 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3463 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 2 nafari Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. 15 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sharjadan, 3 nafari Novosibirskdan charter reys bilan kelgan, qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan», deyiladi vazirlik xabarida.
28 may kuni jami 75ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 26 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2694 nafarga yetdi.
Shifoxonalarda 755 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi