Taniqli aktyor va dublyaj ustasi Hoshim Arslonov olamdan o‘tdi

Taniqli aktyor va dublyaj ustasi Hoshim Arslonov olamdan o‘tdi
Foto: «Muzaffar.uz»
29 may kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining Telegram kanalida xabar berildi.

«O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi», — deyiladi xabarda.

Hoshim Arslonov «Marg‘iyona», «Alpomish», «Chavandoz», «Advokatlar», «Qasos», «So‘nggi nafasimgacha» kabi o‘nlab filmlarda suratga tushgan. Aktyor dublyaj sohasida ham samarali faoliyat yuritgan. U bir filmda bir necha obrazlarga ovoz bera olishi bilan nom qozongan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar