09:15 / 30.05.2020
3 053

Karantinda otalarning bolalarga mehri oshyaptimi?

Karantinda otalarning bolalarga mehri oshyaptimi?
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlaro sudining 27.03.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.Q.dan undiruvchi G.M. foydasigv 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun to ular voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan. Fuqaro 2019 yil may oyidan buyon aliment pullarini to‘lamay kelgan edi. Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi davlat ijrochilarining huquqiy tushuntirishlari oqibatida fuqaro 2020 yil 31 maygacha bo‘lgan 5 mln. 800 ming so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlarro sudining 16.04.2007 yildagi qarzdor Sh.B.dan undiruvchi H.I. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Qamashi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Qarzdor aliment pullarini 2017 yil iyuldan kam miqdorda to‘lab kelganligi oqibatida farzandlari voyaga yetgandan so‘ng, 5 mln so‘m aliment pullari qarzdorlik sifatida qolib ketgan. Joriy yilning 27 may kuni ana shu qarzdorlik to‘liq undirildi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

Orzimurod Jabborov
MIB Qamashi tuman bo‘limi
davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinda otalarning bolalarga mehri oshyaptimi?