date
views 2 126

Elektron hisobvaraq fakturaning afzalliklari

Elektron hisobvaraq fakturaning afzalliklari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning elektron hisobvaraq fakturadan to‘liq foydalanishi joriy etilgani tadbirkorlarga qulayliklar yaratdi.

Bunda elektron hujjat tezkor va kafolatli yetkazib beriladi. Elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish va uni eng uzoq hududda joylashgan hamkorlarga ham bir necha daqiqada yuborish imkonini beradi. Qog‘ozdagi hujjatlarni rasmiylashtirishga ketadigan vaqtni tejash va yetkazib beruvchi vositachilar bilan bog‘liq qiyinchiliklardan xoli bo‘lishga sharoit yaratadi.

Shuningdek, ortiqcha xarajatlarning oldini oladi. Chunki elektron hisobvaraq-fakturalar an’anaviy qog‘oz shaklidagi hisobvaraq-fakturaga sarflangan moddiy va inson resurslarini tejaydi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining ma’lum qilishicha, ayni paytda viloyatda soliq majburiyatiga ega korxonalarning soni 34 386 ta bo‘lib, shundan elektron hisob varaq fakturasiga o‘tgan tadbirkorlar soni 15 855 tani tashkil qiladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni esa 7439 nafardan iborat, QQS to‘lashga o‘tgan tadbirkorlar soni 5917 tadan iboratdir.

- Korxonamizda 318 nafar xodim faoliyat yuritib,asosan eksport bop mahsulotlar ishlab chiqaradi. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab, hisobvaraq-fakturaning elektron shaklidan foydalanishga o‘tdik, hozirda elektron hisob varaq faktura orqali xaridorlarga elektron shartnomani bir necha daqiqada yetkazib beryapmiz, - deydi Nurafshon shahridagi “TEXTILE MILL TASHKENT” MCHJ korxonasi bosh hisobchisi Surayyo Haydorova.

Muxtasar aytganda, xujjatlarni qog‘oz shaklda yuritishdan voz kechib, elektron hisobvaraq fakturalardan foydalanganda ma’lumotlar xavfsiz saqlanadi, to‘lovlar tezlashadi, tizim tunu kun ishlaydi, hisobotlar avtomatlashadi. Barcha tadbirkorlik sub’ektlari EHFdan foydalanishga o‘tsa, qo‘shimcha qiymat zanjirining uzluksizligi ta’minlanadi. Marketing tahlili yanada aniqlashadi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektron hisobvaraq fakturaning afzalliklari