Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan ekoparkni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident 2019 yil 21 mayda Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Toshkent shahri tumanlarida istirohat bog‘lari tashkil etib, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Shunga muvofiq, Sergeli tumanida umumiy maydoni 10 gektar bo‘lgan Flowers Garden Park tashkil etilgan. Shundan 5 gektari bog‘, 5 gektari gul sotish markazi.
Bog‘ga yirik gulli magnoliya, fotiniya frazeri, qora sosna, igna bargli archa, «Krimson king» chinori kabi 30 turdagi 6 mingdan ziyod manzarali daraxt va 20 turdagi 60 mingdan ziyod buta olib kelib ekilgan. Aholining ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun restoran, savdo shoxobchalari tashkil etilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Turkiyaning Natural Peyzaj shirkati bilan hamkorlikda bunyod etilgan bog‘da 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Malakali agronom va entomologlar jalb etilgan.
Shavkat Mirziyoyev bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, manzarali daraxtlar va gul do‘konlarini ko‘zdan kechirdi, deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi