— Jons Xopkins universiteti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 6 mln.dan oshib ketdi, 366 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2,66 mln.dan ziyod inson tuzalgan.
— Tramp koronavirus tarqalishi «Uxan virusini yashirgan» Xitoy tufayli yuz berganini ma’lum qildi.
— Xitoyning kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha milliy markazi olimlarining ta’kidlashicha, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori yangi koronavirus kelib chiqqan manba emas. Uxan bozoridagi hayvonlardan olingan tahlillar manfiy natija bergan.
— Disney Floridadagi ko‘ngilochar parklarini 11 iyuldan ochishga ruxsat berdi. AQSHda virusni yuqtirganlar soni 1,74 mln.dan oshdi, 406 mingdan ortiq odam tuzaldi, 102 mingdan ortig‘i vafot etdi.
— O‘tgan sutkada XXRda kasallanish bilan bog‘liq to‘rtta yangi holat aniqlandi. O‘lim qayd etilmadi. Mamlakatda bemorlar soni 84 123 nafar, tuzalganlar 79 383 nafar, qurbonlar soni 4638 nafarni tashkil etmoqda.
— Germaniyada o‘tgan kuni virusga chalinish bilan bog‘liq 738 ta holat aniqlandi. Bemorlar soni 181 mingdan oshdi. Bir sutkada 39 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Tuzalganlar qariyb 165 ming kishiga yetdi.
— Turkiyada o‘tgan sutkada 1141 ta yangi holat qayd etildi. Bemorlar soni 162 mingdan oshdi. Bir kunda 28 bemor dunyodan ko‘z yumdi. Jami vafot etganlar soni 4489 kishiga yetdi. Sog‘ayganlar qariyb 126 ming kishiga yetdi.
Manba: Xs.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi