Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududida kirish-chiqish taqiqlandi. Tuman hokimligi matbuot xizmati hudud karantinga yopilgani to‘g‘risida ma’lum qilgan.
Kitob tumanida karantin ehtiyot choralari vaqtincha kuchaytirildi. Bu bilan tuman aholisining kasallikka chalinish xavfidan ko‘proq himoya qilish nazarga tutilgan.
Ayni paytda tuman markaziga kirish-chiqish yo‘llari hamda umumiy vaziyat rahbariyat tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
«Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida tuman hududi to‘liq karantinga yopildi. Gumonlanish o‘z tasdig‘ini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari to‘sildi. Avtotransport va piyoda harakatlanish qat’iy nazoratga olindi.
Barcha fuqarolardan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish hamda uyda qolish talab etiladi», deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning ogohlantirishlariga qaramasdan maqsadsiz ko‘chada yurish holatlar ko‘p kuzatilayotganini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyati 1 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi.
Canitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi 30 may kuni e’lon qilgan ma’lumotda Kitob tumani ham viloyatdagi boshqa barcha tumanlar kabi «yashil» hudud sifatida ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi