
O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi «Chashma» uchastkasida ro‘y bergan mojaro, “Chashma’ bulog‘ining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv natijasida ikki mamlakatning ayrim fuqarolari o‘rtasida kelib chiqqan», deyildi.
«Chashma» bulog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi aholisini ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi. O‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida kelishuv mavjud.
Ammo bu kelishuv oddiy bir holat yuzasidan buzildi....
Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari birgalikda mahalliy aholi bilan ham uchrashuv o‘tkazib muammoga yechim topmoqdalar. Ammo asrlar oshib kelgan oqibatga nima bo‘ldi?!
TINCHLIK O‘ZI BUYUK BAXT...
Bitta osmon, bitta yer, bulog‘ing ham bittadir,
Aka-uka bo‘lgan el, ibodating bittadir.
Nima tushdi o‘rtangga, qora bulut o‘tdimi?
Inson fazilatining yomonligi tutdimi?
Tinchlik o‘zi buyuk baxt, baxtga rahna nimasi?
O‘ylab ko‘rsang, ikkisining bitta erur kemasi.
Buloq ko‘zin ochgani, Yaratganning mevasi,
Nimaga talashasan, buyuk Haqning bandasi.
Birlashgan o‘zar bo‘lar, birlashmagan to‘zadi,
Piligi biri bo‘lsa, moyi biri bo‘ladi.
Tiniq suvni bir xas ham tinchligini buzadi,
Xas ham bo‘lma, tomchi bo‘l, buloqqa qo‘shilgali.
To‘ylaringda bir davra, navosiga yayraysan,
O‘lanlaring hamohang, shifosiga yaraysan.
Ko‘zmunchog‘ing sindimi, asrlar birlashgan el,
Buloq boshi chorlaydi oqibatga bog‘la bel.
Muallif Nargiza Kamalova
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar