Foto: FVV matbuot xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.
Joriy yilning 2 iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Ikrom Aziz” MCHJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta “ZIL-130” yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan.
Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan.
Hozircha kelib chiqqan yong‘inning sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda.
Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi