2 893
Otabekov: "Uy sharoitida tayyorlangan ayron, go‘ja yoki salqin ichimliklar sotish mumkin emas"
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda yoz faslida yo‘l bo‘ylarida ayron, gazli suv va go‘ja sotishga ruxsatnoma olish uchun qayerga murojaat etish kerakligi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Ruxsat etilmagan katta yo‘l yoqalari, noturg‘un joylarda barcha turdagi mahsulotlarni, jumladan uy sharoitida tayyorlangan salqin ichimliklar, bochkalardagi morslar, freyzerda quyib beriladigan muzqaymoqlar sotilishi qat’iyan man etiladi.
Noqonuniy ko‘cha savdosi nazorati Vazirlar Mahkamasining 378 va 251-sonli qarorlari bilan ichki ishlar va soliq organlariga yuklatilgan», degan u.
Brifingda karantinga olingan uy zina tutkichlari va lift tugmalari qancha vaqtda dezinfeksiya qilinishi haqidagi savolga ham javob berildi.
«Ko‘p qavatli uylarda pod’ezdlar, zinapoyalar, tamburlar, lift kabinalari, holllar, chiqindi tashlash joylarida joriy va yakuniy dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi salomatligiga dezinfeksiya vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida oldindan ogohlantirish beriladi. Joriy dezinfeksiya ishlari kuniga 2 marta, ya’ni ertalab va kechqurun o‘tkaziladi», dedi Nurmat Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi