Ayni kunlarda Qashqadaryoda qovun mahsulotlari pishib yetilib, chet davlatlariga eksport uchun yuklanib jo‘natilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuni-kecha Mirishkor tumanida joylashgan “Umarqulov Abduxoliqjon” fermer xo‘jaligi tomonidan ekologik toza qovunlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi.
“15 gektar maydonga hosil ekkan ushbu fermer xo‘jaligi tomonidan bugunga qadar og‘irligi 17 tonna 885 kilogramm bo‘lgan, qiymati qariyb 18 ming AQSH dollarlik qovunlar eksporti amalga oshirildi.
Mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya etilgan holda bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda qisqa fursatlarda amalga oshirilmoqda.
Bu, o‘z navbatida, chet davlatiga yo‘l olgan mahsulotlarning sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta’minlamoqda”, - deyiladi DBQ xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin