Yurtimizda bir qancha xayriya loyihalari tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi paytda ulardan eng ko‘p tilga olinib kelinayotganidan biri mashhur xonanda Sardor Rahimxon tashkil etgan «Yurak amri» loyihasidir.
Ushbu loyiha doirasida bir qancha oilalarga katta ko‘mak ko‘rsatilayotgani, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi asosiy mavzulardan biriga aylanib ulgurgan. Loyiha davomida yurtimizning turli nuqtalariga safar qilayotgan Sardor Rahimxon jamoasi bugun Qo‘rg‘ontepa tumaniga keldi.
Dastlab Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Avazbek Ergashev, loyiha asoschisi Sardor Rahimxon bilan suhbatlashib, tumanda belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan xayriya harakatlari, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash ustida ko‘rilayotgan qator chora-tadbirlar bilan tanishtirib o‘tdi.
- Tumanimiz hududida olib borilayotgan ishlarga guvoh bo‘lgan mehmonlar, iliq taassurotlarini bayon etishdi va tumanimiz farovonligini mustahkamlashda hammaga kuch-g‘ayrat tilagan holda, ish rejalari bo‘yicha turli manzillar sari yo‘l olishdi, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"