Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi sinovli kunlarda ushbu kasallikka qarshi mamlakatimiz aholisi hamjihatlikda harakat qilib, imkon qadar kam talofat bilan uni bartaraf etish uchun kurashmoqda.
Bu maqsadda "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati tashkil etildi. Xorijda og‘ir sharoitda qolayotgan vatandoshlarimiz bosqichma-bosqich yurtimizga olib kelinib, shifokorlar nazoratidan so‘ng, yaqinlari bag‘riga yuborilmoqda.
Ammo, mana shunday vaziyatda ham o‘z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘yuvchilar uchrab turgani achinarli hol, albatta.
DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining bojxona xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Uzun tumani "Yangiobod" MFYning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududidan o‘tuvchi "Kofirnixon" daryosi qirg‘og‘ida polietilen qoplarga joylashtirilgan 5 turdagi dori vositalari va 15.000 dona tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Shuningdek, tumanning "O‘lanqul" mahallasidagi xonadonlardan birida esa 20.000 dona filtrli tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari doirasida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari va tibbiy niqoblar mahalliy fuqaro "B.F." ga tegishli bo‘lib, ularning umumiy qiymati 356 mln. so‘mdan ziyodni tashkil etadi.
Mo‘may daromad topish maqsadida "B.F." ushbu dori vositalari va tibbiy niqoblarni "o‘zbek-tojik" davlat chegarasining nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan qismi orqali Tojikiston Respublikasiga o‘tkazishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi