Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat bo‘lmasa chetga bormay turishni tavsiya qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov dunyo davlatlari toifalarga bo‘linib, aviaqatnovlar tiklanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Hozirgi kunda Transport vazirligi bilan xamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda davlatlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish va bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash borasida o‘rganib chiqib takliflar tayyorlanmoqda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yakuniy xulosalar qilinadi. Bu to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.
Shuningdek, davlatlarning epidemiyaga qarshi tadbirlarni darajasi hamda fuqarolarning himoyalanish choralariga e’tibor qaratiladi.
Umuman, bugun dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, zaruriyat bo‘lmasa chetga bormay turish ma’qul bo‘ladi», dedi Botir Qurbonov.
Brifingda 15 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugashi ehtimoli haqidagi savolga ham javob berildi.
«Karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi bu koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanadi. Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi.
Ko‘rinib turibdiki, bu barchamizga bog‘liq jarayon, agarda profilaktik tadbirlar, karantin qoidalari, alohidalanish va ijtimoiy masofani saqlash talablariga to‘liq rioya qilsak, yaqin kunlarda karantin tadbirlari bekor qilinishi mumkin», dedi Qurbonov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan