17:10 / 05.06.2020
2 487

MIB: Chortoq tumanida xayrli tadbirlar davom etmoqda

MIB: Chortoq tumanida xayrli tadbirlar davom etmoqda
Majburiy ijro byurosining Chortoq tuman bo‘limi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan oilalar xolidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alahida e’tibor qaratilgan.

E.Mirsoliyev Chortoq tumanida istiqomat qiladi. Besh qo‘l barobar emas deganlaridek, oila a’zolarining ehtiyojmandigi bois elektr energiyasidan bugungi kunda qarzdorlik 400 ming so‘mga yetdi. Aynan Byuroning tuman bo‘limi tashabbusi bilan mahalla faollari hamkorligida ushbu qarzdorlik bartaraf etib berildi.

Tumanda yashovchi Z.Zoxidovaning ham xonadonini elektr energiyasi va qattiq maishiy chiqindidan qarzdorligi bor edi. Kuni kecha xududga biriktirilgan davlat inspektorining xonadonga tashrif oila a’zolarini ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Ya’ni, homiylik asosida 360 ming so‘m qarzdorlik to‘lab berildi.

Shuningdek, X.Roziqov xonadoni a’zolari ham to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qiynalishayotgan edi. Bo‘lim tomonidan ushbu xonadonga ham alohida e’tibor qaratilib, elektr energiyasi uchun 200 ming, tabiiy gaz uchun 330 ming so‘m qarzdorliklari xomiylik yordami bilan bartaraf etildi. Bu kabi xayrli tadbirlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Chortoq tumanida xayrli tadbirlar davom etmoqda