Toshloq tumani hokimi Shuhratjon Abdusalomov ishdan olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Toshloq tumani soliq boshqarmasi boshlig‘i ham ishdan ketgan.
«Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig‘ini vazifasidan ozod etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
3 iyun kuni prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilangandi.
Ma’lumot uchun, Shuhratjon Abdusalomov 2018 yil martidan buyon Toshloq tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi