00:42 / 07.06.2020
2 750

«Do‘stlik – Qo‘yliq» metro liniyasi qurib bitkazildi

«Do‘stlik – Qo‘yliq» metro liniyasi qurib bitkazildi
Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan «Do‘stlik – Qo‘yliq» metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometr. Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.

Bekatlar 5 ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan. Har bir bekat milliy me’morchilik uslubiga xos tarzda qurildi, ular ko‘rinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.

Metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Do‘stlik – Qo‘yliq» metro liniyasi qurib bitkazildi