Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan «Do‘stlik – Qo‘yliq» metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometr. Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.
Bekatlar 5 ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan. Har bir bekat milliy me’morchilik uslubiga xos tarzda qurildi, ular ko‘rinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.
Metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi