
Farg‘ona viloyatida 2000 dan oshiq erkak o‘qituvchilar maktablarga qaytib, dars bermoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro press-klubning Farg‘onada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan sayyor sessiyasida ma’lum qildi:
— Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy vositasi bu — ta’lim. Davlat rahbarining ta’lim sohasida qilgan islohotlari o‘qituvchini maktabga qaytarishdan, uning obro‘sini tiklashdan, oyliklarni oshirishdan boshladilar. Farg‘ona viloyatining o‘zida 2000 dan ortiq erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.
Viloyatda 129 ta maktabda oddiy isitish pechlari yo‘q edi, 85 ta maktabga ichimlik suvi olib kelindi, 109 ta maktab devori o‘raldi. 3 yilda maktablar soni 27 taga ko‘paydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar