
2020 yil 8 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4404 (+52) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 18 nafari Toshkent shahrida (jumladan, «O‘rikzor» savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshlari va qo‘shnilari, «Ravnaq bank»ning Shayxontoxur filiali xodimi), 3 nafar Namangan viloyatida (shundan 2 nafari viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari), 1 nafari Toshkent viloyatidan («O‘rikzor» savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshi) aholi orasida, qolgan 1 nafari Sirdaryo viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 3357 (+3) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (2 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1030 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar