date
views 4 953

Namanganda 16 yoshli o‘smir seyfni o‘marish ilinjida sajda qilayotgan buvisini tesha bilan urib o‘ldirdi

Namanganda 16 yoshli o‘smir seyfni o‘marish ilinjida sajda qilayotgan buvisini tesha bilan urib o‘ldirdi
16 yosh – umrning navqironlik davri, bu yosh o‘smirlik bilan yetilish chegarasi sanaladi. Inson bu davrda kelgusidagi hayoti uchun asos bo‘ladigan rejalar tuzadi, diliga orzu-maqsadlar tugadi.

Biroq Namangan shahrida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan M.Z. ismli o‘spirin ayni shu orzu-havaslariga to‘la navqiron yoshida adashdi. Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qolgandi. U do‘stlari bilan bayramni nishonlash va yangi ust-boshlar xarid qilish uchun pul topish ilinjiga tushadi va o‘zi yashab kelayotgan uyga bir devor qo‘shni uyga, ya’ni amakisinikiga kiradi.

U 68 yoshli buvisi yashaydigan xonadondagi seyfda pul bo‘lishini va buvisi o‘z nafaqasini o‘sha yerda saqlashini yaxshi bilardi. U bu pullarga ega bo‘lishni ko‘ngliga tugib, seyf turgan xonaga mo‘ralaydi. U yerda keksa onaxon sajdaga boshini qo‘yib, namoz o‘qiyotgan edi.

Noqobil nevara pul ilinjida es-xushini unutib, qo‘lidagi tesha bilan namoz o‘qiyotgan buvisining boshiga uradi...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 16 yoshli o‘smir seyfni o‘marish ilinjida sajda qilayotgan buvisini tesha bilan urib o‘ldirdi