
Qarshi shahri va Qashqadaryo viloyatining ba’zi tumanlarida 8 iyundan boshlab bir qator yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar harakati tiklandi.
Kitob va Chiroqchi tumanlaridan tashqari viloyatning boshqa hududlarida avtobusda yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgan. Shuningdek, Qarshi-Qamashi, Qarshi-Nishon yo‘nalishlarida avtobuslarda yo‘lovchi tashilmoqda.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, joriy yilning 8 iyunidan – «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berilgandi.
Avtobuslarda yo‘lovchi tashish jarayonida amal qilish shart bo‘lgan qoidalar respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilab berilgan. Xususan, avtokorxona tomonidan transport vositasi har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda muntazam to‘liq dezinfeksiya qilinishi shart. Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish ruxsat etilishi ko‘zda tutilgan.
«Damas» va mikroavtobuslarda yo‘lovchi tashishga taqiq rasman bekor qilingani yo‘q.
Ma’lumot uchun, hududlarning yangilangan toifalari ro‘yxatida Qashqadaryo viloyatida faqatgina Chiroqchi tumani «qizil» toifaga kiritilgan. 31 may kuni karantinga olingan Kitob tumani esa «yashil» ro‘yxatda ko‘rsatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar