Majburiy ijro byurosi Marhamat tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida tuman hududida faoliyat olib borayotgan 2 ta fermer xo‘jaligi energoresurslardan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi.
Xususan, tumanning Yangi hayot mahallasida joylashgan “Odilov” fermer xo‘jaligi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, elektr suv nasosi ishlatayotgani aniqlangan. Tekshirishlar davomida fermer xo‘jaligi umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, texnik shart, loyiha hujjatlarsiz tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yildi. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, ushbu fermer xo‘jaligi ta’minotchi korxona manfaatlariga 12 mln. 312 ming so‘m zarar yetkazgan.
Shuningdek, aynan shu mahallada joylashgan “Tog‘ jambuli” fermer xo‘jaligi ham elektrdan noqonuniy foydalangani sabab davlat manfaatlariga 2 mln. 138 ming so‘m zarar yetkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”