Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumani «Do‘stlik» mahallasidagi 28 ta xonadon egalarining noroziligi aks etgan video tarqaldi. Sardoba tumani hokimligi mazkur holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqarolarning xonadonlari maxsus komissiya qarori bilan yaroqsiz deb topilgan. Shu sababli, mazkur xonadonlar egalariga ham Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, maishiy texnikalar uchun sertifikatlar topshirilgan.
Qayd etilishicha, hozirda tuman hokimligi tomonidan mazkur xonadonlarni buzish ishlari to‘xtatilib, ushbu vaziyat yuzasidan maxsus komissiya va viloyat hokimligiga ma’lumot kiritilgan.
Shuningdek, xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda.
Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan. Sardoba tumani «Do‘stlik» mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani «Haqiqat» mahallasida 20 ta 800 xonadonli va «Navbahor» mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?