Yuk mashinasi tag qismidagi ramalarda nimalar yashirilgan edi?

Yuk mashinasi tag qismidagi ramalarda nimalar yashirilgan edi?
Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yashirincha yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro B.A. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransporti vositasi o‘rnatilgan tartibda inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinaning tag qismidagi ramalari orasiga umumiy qiymati salkam 68 million so‘mlik parfyumeriya va biologik faol qo‘shimchalar yashirilganligi aniqlandi.

Tashish qoidalariga rioya qilinmasdan olib kelinayotgan mazkur sifati kafolatlanmagan tovarlar ashyoviy dalil sifatida olindi va hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar