date
views 2 915

Buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi?

Buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi?
Foto: REUTERS/Stringer
AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda karantin davrida buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi degan savolga javob berildi.

Unga ko‘ra:
- buyum bozorlari har kuni ish boshlashidan oldin va ish vaqti tugaganidan so‘ng dezinfeksiya qilinadi;
- kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlanadi;
- xaridorlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shart;
- tana harorati 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xaridorlar bozorga kiritilmaydi (ushbu fuqarolarni alohidalanadi va 103 raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat etiladi).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi?