23:23 / 12.06.2020
2 829

Toshkentda 7 iyun kuni koronavirus aniqlangan 195 bemorning 183 nafari bitta kompaniyada ishlayotgan quruvchilar bo‘lgan (video)

Toshkentda 7 iyun kuni koronavirus aniqlangan 195 bemorning 183 nafari bitta kompaniyada ishlayotgan quruvchilar bo‘lgan (video)
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov “Zamon” axborot dasturiga bergan intervyusida Toshkent shahrida 7 iyun kuni koronavirusga chalingani aniqlangan 195 kishining 183 nafari bitta muassasada ishlayotgan quruvchilar bo‘lganini ma’lum qildi.

7 iyun kuni Toshkent shahri hududida koronavirus infeksiyasi bilan zararlangani aniqlangan 195 kishining 183 nafari quruvchilar bo‘lib, ular bitta muassasada ishlashgan. Ushbu quruvchilar qaysi qurilish kompaniyasida ishlashganini aytolmayman, chunki istasak-istamasak bu narsa o‘sha kompaniyaning obro‘siga, imijiga zarar yetib qoladi.

Aniqlangan holat bo‘yicha tegishli tartibda belgilangan ma’muriy choralar ko‘rildi va ushbu holat takrorlanishining oldini olishga qaratilgan bir qator tushuntirish-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi
”, dedi Botir Qurbonov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bemorlar bilan bir ob’ektda ishlagan, ular bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilingan 300 nafardan ortiq kishi karantinga olingan.

Kasallik aniqlangan quruvchilar bilan birga faoliyat yuritayotgan 300 nafar shaxs izolyatsiya qilingan. Bugungi kunda ular tibbiy kuzatuvga olingan.
183 nafar quruvchining oila a’zolari boshqa viloyatda bo‘lgani, boshqa hududdan kelganiga 14 kundan ko‘proq vaqt o‘tgani, bu vaqt orasida oila a’zolari bilan kontaktda yoki birlamchi munosabatda bo‘lmaganini inobatga olib bemorlarning yaqinlari karantinga olinmadi.

Shu bilan birga, kasallik aniqlangan ayrim shaxslarning oilasi Toshkent shahrida bo‘lsa-da, o‘zlari qurilish bo‘layotgan hududdagi yotoqxonada yashagani uchun ularning oila a’zolarini ham izolyatsiya qilinmadi
”, deydi Botir Qurbonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 7 iyun kuni koronavirus aniqlangan 195 bemorning 183 nafari bitta kompaniyada ishlayotgan quruvchilar bo‘lgan (video)