12:25 / 15.06.2020
2 439

Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak

Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak
O‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-sahovat va shukronalik tuyg‘ulari xalqimizning ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, hozirgi karantin davrida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarning xolidan xabar olinishi va ularga amaliy yordam ko‘rsatilishi esa haqiqiy oliy janoblik misolidur.

Angor tumanida oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan ishlar davom ettirilmoqda. Sektor rahbarlari hamda Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi hamkorligida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aniqlanib, ularning elektr energiyadan bo‘lgan qarzdorligi savob ishga qo‘l urushni istagan tadbirkorlar tomonidan to‘lab berilyapti. Xususan, joriy yilning 11 iyun kuni "MUTUAL TRUST" MCHJ tomonidan tumanning 1-sektor hududidagi 18 ta oilaning elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi uchun 150 ming so‘mdan, 3-sektordagi 10 ta oilaning to‘lovlari uchun 300 ming so‘mdan to‘lab berildi.

Bu kabi amaliy tadbirlar Uzun tumanida ham tashkil etilib, Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bo‘limi xodimlari xomiylar ko‘magi bilan tumanning "Tolto‘g‘ay” mahallasida yashovchi 2 nafar farzandalarning yolg‘iz boquvchisi Yulduz opaga xonadonini elektr energiyasi tarmoqlariga ulashda hamda yangi elektr hiosblagich o‘rnatib berishda amaliy yordam berishdi.

Xuddi shuningdek, tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi N.Boboxonovaning ham xonadoniga yangi elektr hisoblagich o‘rnatilib, elektr tarmoqlariga ulab berildi.

Bu kabi saxovat va ko‘mak tadbirlari doirasida kam ta’minlagan ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarning xolidan xabar olinishi ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada orttirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak