2 126
Behzod Musayev bu yil abituriyentlarga yengillik berilishi haqida: «Qiyin savollar kamaytiriladi»
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev AOKAda o‘tkazilgan brifingda bu yil kirish imtihonlari qay darajada soddalashtirilishi haqida ma’lumot berdi.
«Joriy yilgi kirish imtihonlarida oson savollar soni 6tadan 9tagacha ko‘paytiriladi.
Odatda, kirish imtihonlarida bitta fandan o‘rta darajadagi savollar 18tani tashkil qiladi, ularning soni bu yilgi imtihonda ham o‘zgartirilmasdan qoldiriladi. Murakkab savollar esa 6tadan 3taga kamaytiriladi», dedi Behzod Musayev.
Bosh vazir o‘rinbosari bu yil ko‘pchilik qatori abituriyentlar ham koronavirus tufayli og‘ir davrni boshidan kechirganini qayd etib o‘tgan.
«Abiturentlar ham uyda bo‘lishga majbur bo‘lishdi. Shunday bo‘lishiga qaramay ular uyda onlayn darslarni kuzatishdi va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishdi. Ularga yengilliklar berishimiz va imtihonga qatnashishlarini ta’minlashimiz zarur», dedi Behzod Musayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi