14:04 / 17.06.2020
2 688

“G‘alla — 2020” mavsumi: amaliy ishlar, natijalar va rejalar

“G‘alla — 2020” mavsumi: amaliy ishlar, natijalar va rejalar
Bugun dalalarimizda allaqachon “G‘alla — 2020” mavsumi boshlab yuborilgan. Mamlakatimizning barcha hududida mirishkorlar yerga qadalgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash va sug‘orish bilan band.

Ayni paytda fermerlarga moddiy resurslar, jumladan, agrotexnika tadbirlar-u shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi kabi muhim jarayonlarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Raimov boshchiligida tegishli tashkilotlar vakillari bilan xamkorlikda ishchi guruhlar tuzulib,guruhlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Iqlim sharoiti, o‘rim ishlari usulining sifati, xosilni begona o‘tlardan xalos qilish kabi xolatlar nazorat qilinmoqda.

Toshkent viloyatida joriy yilda 2 ming 694 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 116 ming 100 gektar suvli maydonlarda boshoqli don ekinlari parvarishlangan bo‘lib, o‘rtacha bir gektar 76,3 sentner hosil olish rejalashtirilgan.

Birgina Ohangaron tuman misolida aytadigan bo‘lsak, joriy yilda rejaga ko‘ra 8110 ming gektar yerga boshoqli don ekilgan. hosil rejasi 61 330 tonnadan iborat bo‘lib, shundan 19690 tonnasi davlat buyurtmasi uchun topshiriladi.

Hozirda o‘rim mavsumiga 22 ta o‘rim va 50 dan ortiq yuk mashinalari jalb qilingan hamda mavsum samarali o‘tishini ta’minlash maqsadida 22 ta otryad ham tashkil etilgan.

G‘alla o‘rimining ilk kunlaridanoq, Taraqqiyot mahallasiga qarashli Keys o‘rim mashinasi haydovchisi Dilshod Shokirjonovga kunlik o‘rim hajmini 57 tonnadan oshirgani va yurtimiz xirmoniga ilk ulush qo‘shgani uchun televizor sovg‘a qilindi, Mardon O‘tkirov, Ikrom Usmoniddinov hamda Maruf Eshboyevlar esa Vektor o‘rim mashinasida kunlik o‘rim xajmini 56 tonnadan oshirganliklari uchun qimmatbaho maishiy texnika vositalari bilan taqdirlandilar.

Biz rostdan ham mamlakatimizni qishloq xo‘jaligi sohasida rivojlanishga erishishini istaymiz. Chunki dehqon boy bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi, - deydi rag‘batlantirilgan o‘rimchi Dilshod Shokirjonov.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “G‘alla — 2020” mavsumi: amaliy ishlar, natijalar va rejalar