O‘zbekistonda «sariq» hududlardagi o‘quv markazlari ham qayta faoliyat yuritishi uchun taklif berilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova ma’lum qildi.
Inspeksiya vakilining ma’lum qilishicha, ta’lim inspeksiyasiga «sariq» hududlarda ham o‘quv markazlari faoliyatini qayta tiklash mumkin yoki yo‘qligi borasida murojaatlar yuborilgan.
«Ayni paytda OTMlarga qabul jarayonlari boshlanayotgani sababli va abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida «sariq» hududlarda ham sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritildi.
Respublika maxsus komissiyasi «sariq» hududlardagi o‘quv markazlariga qayta faoliyat yuritishga ruxsat bergandan so‘nggina ular ishlashi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun hozir «sariq» va «qizil» hududlardagi o‘quv markazlarida masofaviy ta’lim shaklini tashkil etishni tavsiya qilamiz», deydi Feruza Madrahimova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Ma’lumot uchun, maxsus komissiya tomonidan «yashil» hududlarda o‘quv markazlari faoliyatini sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilgan holda qayta tiklashga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi